"Paxtakor"ning navbatdagi transferi yevropalik futbolchi bo'lishi mumkin

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2025
"Paxtakor" klubi bugun tunda braziliyalik darvozabon Jonatan Luis bilan shartnoma imzolanganini e'lon qilgan edi.

"Paxtakor" Portugaliya yuqori ligasida o'ynagan braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

"Championat.asia" xodimi Sherzod Nurmatovning xabar berishicha, "sherlar" safiga bosniyalik himoyachi kelishi kutilmoqda. 

Gap Portugaliyaning "Kaza Piya" jamoasi markaziy himoyachisi Nermin Zolotich haqida bormoqda. 31 yoshli futbolchining transferini uning sobiq ustozi, hozirda "Paxtakor"ni boshqarayotgan Pedro Moreyraning shaxsan o'zi xohlamoqda.

Zolotich faoliyati mobaynida "Jeleznichar" bilan Bosniya va Gertsegovina chempionatida 2 marta, "Gent" bilan Belgiya chempionatida 1 marta zafar quchgan. Tajribali futbolchi anchadan buyon "Kaza Piya" qaydnomasidan joy olmayapti, u oxirgi marta 2 dekabr kuni bo'lib o'tgan "Portu" bilan bahsda zaxira o'rindig'ida o'tirgan.


"Transfermarkt" portali Nermin Zolotichni 600 ming evroga baholagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia