"Paxtakor"ning ikki futbolchisi "Turon"ga ijaraga beriladi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2023
"Paxtakor" ikkinchi davradan oldin ikki futbolchisini Yaypanning "Turon" klubiga ijaraga beradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston U-20 terma jamoasi a'zolari markaziy himoyachi Abubakir Ashurov va yarim himoyachi Shahzod Rahmatullaev ikkinchi davrani "Turon"da o'tkazishadi.

Ashurov ham, Rahmatullaev ham O'zbekistonda o'tgan U-20 Osiyo chempionatida chempion bo'lishgan va Argentinada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etishdi.

Ma'lumot uchun, Abubakir Ashurov bu yil U-21 chempionatida 4ta o'yinda 1ta gol urdi. Shahzod Rahmatullaev esa 4ta o'yinda 3ta to'p kiritdi.
 


Abubakir Ashurov



Shahzod Rahmatullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia