"Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyat sabab "Istiqlol"da murabbiy o'zgardi

Xayrulla Xoliqov
7 okt 2020
Eronning "Istiqlol" klubi OCHLdagi ishtirokini yakunlab Tehronga qaytib borgach, ko'p o'tmay o'zgarish ro'y berdi.

Gap shundaki, bungacha jamoani boshqarib kelgan Majid Namju Motlag iste'foga chiqarilib, uning o'rnini boshqa murabbiy Mahmud Fekiri egalladi. 

Fekiri shu paytga qadar "Nassaji" klubini boshqarib kelayotgandi. "Istiqlol" rahbariyati o'z paytida "Verder"ni boshqargan Aleksandr Nuri bilan muzokara olib bordi, biroq moliyaviy muammolar sabab Nurining kelishi amalga oshmadi. 

Shu bois jamoa mahalliy mutaxassis Mahmud Fekiriga ishonib topshirildi. Ma'lumot uchun, ushbu murabbiy o'z paytida "Istiqlol"da to'p tepgan. "Istiqlol" 2013 yildan beri Eron chempioni bo'la olmayapti.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com