"Paxtakor": Lobanov va Krimec faoliyatini xorijda davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2016, 12:02
"Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov va himoyachi Egor Krimec faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Lobanov Eronning eng mashhur jamoalaridan biri "Persepolis" bilan 0,5+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi. 30 yoshli darvozabon "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U jamoamizdan tashqari "So'g'diyona", "Qaysar", "Oqjayiq", "Buxoro" va "Jayxun" safida o'ynagan. Eron chempionatida oltin medallar uchun kurashayotgan "Persepolis"ga Sasha yordam berishga intiladi.

Egor Krimec esa "Beyjing Goan"ga 2 yilga ijaraga berildi. U 2013 yil ham Xitoyning ushbu klubi tarkibida o'ynagandi. Xitoyda yangi mavsum mart oyida start oladi.

Har ikki futbolchiga yangi jamoalarida omad tilaymiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz