"Paxtakor": Krimec va Griffits yakka tartibda shug'ullanmoqda

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2018
"Paxtakor" yangi mavsumga hozirlik ko'rishni Turkiyada davom ettirmoqda.

Rostin Griffits va Egor Krimec hozircha individual tarzda Laslo Yambor qo'l ostida ishlashayotgan bo'lsa, qolgan futbolchilar umumiy guruhda shug'ullanyapti.

Yig'indagi oxirgi nazorat uchrashuvi 20 yanvar kuni Makedoniyaning "Vardar" klubiga qarshi o'tkaziladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Shundan so'ng xorij yig'ini tugaydi va "Paxtakor" Toshkentga qaytib kelib, 30 yanvarda "Al-Garafa" bilan o'tadigan Chempionlar ligasi pley-off bellashuviga tayyorgarlik ko'radi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz