

Teng kurashlar ostida kechgan bahsda hisob ham shunga mos bo'ldi, deya olamiz. Shu tariqa "sherlar" ketma-ket to'rtinchi yil Jizzaxdan ortga g'alabasiz qaytdi. Jamoa so'nggi bor 2019 yil "So'g'diyona"dan mehmonda ustun kelgandi.
2020. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:0
2021. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:0
2022. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 2:2
2023. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:1
"Paxtakor" Superliga doirasida navbatdagi uchrashuvini 28 sentyabr kuni Toshkentda OKMKga qarshi o'tkazadi.



