"Paxtakor": Kasb bayramingiz muborak, jurnalistlar!

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2014
Ilk o'zbek gazetasi "Taraqqiy" chop etilgani sanani yurtimizda jurnalistlar bayrami sifatida nishonlab kelamiz.
“Paxtakor” futbol klubi O'zbekistondagi barcha jurnalistlarni ushbu bayram bilan muborakbod etadi. Klubimiz har bir jurnalist, OAV xodimining mashaqqatli mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi. Mamlakatimizdagi voqea va jarayonlarni yoritishda ularning xizmati beqiyos. Ayniqsa, futbolni yoritib borayotgan gazeta, sayt, radio va televideniening ahamiyati katta. Ayni paytda hech bir soha OAVning e'tiborisiz va uning yordamisiz rivojlana olmaydi.

Barcha jurnalistlarni ularning kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Qadrli jurnalistlar, Sizga yorqin va xolis faoliyat, oilaviy baxt tilaymiz. Bayramingiz qutlug' bo'lsin!

"Paxtakor" futbol klubi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz