

Bugungi uchrashuvda "sherlar" tarkibida Muhammadqodir Hamraliev, Diyor Xolmatov va Sanjar Quvvatovdan tashqari 6 nafar 2004 va 2 nafar 2005 yilda tavallud topgan akademiya tarbiyalanuvchilari maydonga tushdi. Asosiy tarkibda 10 nafar akademiyachilar o'yinni asosiy tarkibda boshladi.
Ikkinchi bo'limda Maksim Shackix ikkita o'zgarish qildi. Aktam O'ktamov 10-daqiqada jarohat olganligi uchun Turg'unboev tushdi. Ikkinchi bo'limda esa u o'z joyini Hamdamovga bo'shatib berdi. Aynan Doston uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi.
"Paxtakor" 1:0 "Samgurali"
Gol: Doston Hamdamov
"Paxtakor": Quvvatov, Abdumajidov, Hamraliev, Poyonov, Todorov, Xolmatov, O'rinboev, O'ktamov, Beglarxonov, Turdimurodov, Saidnurullaev.



