"Paxtakor" Germaniyaning "Kayzerslautern" klubi tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2023
"Championat.asia" ma'lumotlariga ko'ra, Germaniyaning "Kayzerslautern" yoshlar jamoasi futbolchisi Kimi Merk "Paxtakor" tarkibini to'ldirishi mumkin.

19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Germaniyada tug'ilgan va "Kayzerslautern" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning otasi – qirg'izistonlik, shuning uchun Merk 2023 yildan beri Qirg'iz Respublikasi yoshlar terma jamoasida o'ynab kelmoqda. Mart oyida u U-20 Osiyo Kubogida mamlakat terma jamoasi tarkibida maydonga tushdi.

Shuningdek, Kimi U-23 terma jamoasida ham o'ynagan va yaqinda Qirg'iziston MTJdan chaqiruv oldi.

Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia