"Paxtakor" futbolchisi Qozog'iston klubiga ijaraga berilmoqda

Narzulla Saydullayev
17 fev 2025
Toshkentning "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Behruzbek Asqarov legionerga aylanishga yaqin.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, 21 yoshli Asqarov Qozog'istonning "Turon" klubiga ijaraga beriladi.

Behruzbek Asqarov 2023 yilgi U-20 Osiyo kubogi chempioni, 2024 yil Parij Olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi. O'tgan mavsum "Paxtakor" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatamani amalga oshirdi.

Turkiston shahrining "Turon" klubi boshlanayotgan mavsumda o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ymoqda. Tarkibga bir qator o'zbekistonlik hamda muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan futbolchilar jalb qilinmoqda. Ro'yxatga e'tibor qiling:

Odil Abdumajidov
Xurshidbek Muxtorov
Vasiliy Sovpel
Abinur Nurimbet
Luka Zgurskiy
Behruzbek Asqarov

"Turon"ni ayni paytda belaruslik murabbiy Vitaliy Jukovskiy boshqarmoqda.
 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia