

Jamoamiz poytaxt shahardagi "Radisson Blu" mehmonxonasiga joylashdi. Toshkent vaqti bilan soat 22:00da mashg'ulot boshlandi. Unda futbolchilar murabbiylar shtabi boshchiligida odatdagidek jismoniy va taktik mashqlarni bajarishdi. Bugun o'yin oldi tadbirlari bo'lib o'tadi.
"Shabab" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 3 mart, seshanba kuni Ar-Riyoddagi "Shahzoda Faysal Bin Fahad" stadionida soat 22:20da boshlanadi.



