"Paxtakor": Anvar Soliev "Neftchi"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2013
Bugun "Paxtakor" avval rejalashtirilganidek Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Qibrayda bo'lib o'tgan o'yinda murabbiylar bir qator futbolchilarning imkoniyatlarini tekshirib olishdi. O'yindagi birinchi golni Iqbol Akramov penaltidan urdi. Ikkinchi bo'lim oxirida Abdulloh Olimov muvozanatni tikladi - 1:1. O'yin mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi. 

"Paxtakor" - "Neftchi" 1:1
Gollar:
Akramov 23 penalti - Olimov 77.
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Kozak, Xolmuhammedov, Hoshimov, Maxaradze, Ismatullaev, Qilichev, Karimov, Sharofutddinov, Sergeev.
Zaxiradan tushganlar: Masharipov, Olimov, Rekun, Soliev, Ubaydullaev, Shixov, Fomin, Maxstaliev.

"Paxtakor" endi 23 iyul kuni Samarqandning "Dinamo" klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz