"Paxtakor" "Al-Garafa" bilan o'yindan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2018, 08:13
"Tani Bin Jassim" stadionida "Paxtakor" uchrashuvdan avval rasmiy mashg'ulotda ishtirok etdi.

OFK qoidasiga muvofiq, bir soat davom etgan mashg'ulotda futbolchilar asosan to'p bilan ishlashdi. Xitoydagi Osiyo chempionatidan so'ng Doxaga yetib kelgan Botirali Ergashev, Jasur Yaxshiboev va Zabihillo O'rinboev mashg'ulotda to'liq qatnashdi. 22 o'yinchining barchasi maydonga tushishga shay holatda.

"Al-Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvi 30 yanvar kuni "Tani Bin Jassim" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz