"Paxtakor": Akademiya jamoasi Boris Serostanov xotira turniri finalida

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2014, 12:12
"Paxtakor" akademiyasining 1999 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari xotira turniri finalida maydonga chiqishadi.
6 jamoa Boris Serostanov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan musobaqada bahs olib borishmoqda. Ertaga hal qiluvchi uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Rustam Qurbonboev boshchiligidagi 1999 yil jamoasi BO'SM-16ga qarshi O'FF oldidagi sun'iy maydonda 10:30da maydonga chiqadi. Uchinchi o'rin uchun bahsda esa "Mashal" va "Bunyodkor" tarbiyalanuvchilari bahs olib boradi. Mazkur o'yin soat 9:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz