"Paxtakor" afsonasi Vasilis Xadzipanagis: "JCH-2026da ulkan zafarlar tilayman!"

Administrator
10 iyun 2025
"Paxtakor" klubi afsonasi Vasilis Xadzipanagis O'zbekiston milliy terma jamoasini tarixiy Jahon chempionati yo'llanmasi bilan tabrikladi.

"Barcha hamyurtlarimni, O'zbekiston aholisi va butun dunyo bo'ylab futbol ishqibozlarini qutlayman!

Buyuk yutuq - O'zbekiston terma jamoasining tarixda birinchi bor futbol bo'yicha Jahon Chempionatiga chiqishi bilan chin dildan tabriklayman!

Bu ulkan muvaffaqiyat bilan barcha futbolchilarni, murabbiylarni, Futbol federatsiyasini va sodiq muxlislarni tabriklayman!

JCH-2026da ulkan zafarlar tilayman!

Vasilis Xadzipanagis

O'zbekiston futboli tarbiyalanuvchisi, sobiq "Paxtakor" futbolchisi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia