“Paxtakor” “A” guruhida, raqiblar nomi ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
31 may 2016
“Paxtakor” klubining 2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoasi 1-6 iyun kunlari Rossiyaning Kaluga shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi, deya xabar qilmoqda olamsport.com sayti.

Ushbu turnir 1 iyun – “Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni” munosabati bilan tashkil etilyapti.

“Kaluga Junior Cup”da Rossiyaning “Kaluga” hamda “Krasnodar”, Belarusning “Dinamo”, Latviyaning “Super Nova”, Xitoyning “Guanchjou Fuli”, Ruminiyaning “Juniorul” kabi klublari tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishadi.

Qur'a natijasiga ko'ra, “Paxtakor” jamoasi “A” guruhidan joy oldi. Dilshod Nuraliev shogirdlari mezbonlarning “Kaluga”, Suxumining “Dinamo” hamda Ruminiyaning “Juniorul” klublariga qarshi bahs olib boradi.

Jamoalar egallagan o'rinlari asosida pley-off o'yinlarida maydonga tushishadi. “Paxtakor” ilk uchrashuvni 1 iyun kuni “Juniorul”ga qarshi o'tkazadi. 2 iyun kuni “Dinamo”, 3 iyunda “Kaluga”ga qarshi o'yinlar bo'lib o'tadi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com