"Paxtakor" 26 yanvar kuni "Yangier" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2022, 17:06
"Paxtakor" chorshanba kuni nazorat o'yinida maydonga tushadi.

Dastlabki nazorat bahsida "Paxtakor"ga "Yangier" raqib bo'ladi. Bellashuv Qibrayda 26 yanvar kuni soat 13:00da start oladi. Mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichi Qibrayda fevral oyi boshigacha davom etadi. 5-20 fevral kunlari esa Turkiyaning Belek shahrida yig'in davom ettiriladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz