Pavar "Bavariya"dan kyetishni istaydi

Mirjalol Normatov
30 may 2023
"Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavar klub rahbariyatiga jamoadan kyetish istagi borligini ma'lum qilgan.

2018 yili Fransiya termasi bilan jahon chempioni bo'lgan futbolchining Myunxen klubi bilan yana bir yillik shartnomasi bor va u buni uzaytirishni reja qilmayapti. O'z navbatida "Bavariya" ham kelasi yili jamoadan tekinga kyetishi mumkin bo'lgan futbolchini yozda sotib yuborishi mumkin.

Pavarga ayni damda bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda. Ulardan "Barselona" favorit bo'lib turibdi.

Ushbu mavsumda Pavar "Bavariya" tarkibida Bundesliganing 30 o'yinida 4 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal