Paulo Dibalaning koronavirusga topshirgan to'rtinchi testi ham ijobiy chiqdi

Alisher
29 apr 2020
Argentinalik futbolchi kasallikdan qutula olmayapti.

"Yuventus" forvardi Paulo Dibala hali ham to'liq sog'lom holatda emas. Futbolchining koronavirus uchun topshirgan to'rtinchi testi ham ijobiy chiqdi.

Dibala - A Seriyada bunday muammoga uchrayotgan yagona futbolchi emas. "Atalanta" darvozaboni Marko Sportello ham bu kasallikdan qutula olmayapti.

Dibala koronavirusga ilk bor 21 mart kuni ijobiy test topshirgan edi. Futbolchi bir hafta o'tgach, ancha yaxshilanganini va alomatlar ortiq bezovta qilmayotganini bildirgandi.


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito