Pau Torres nega "Vilyarreal"dan "Tottenxem"ga o'tmaganini tushuntirdi

Alisher
23 noya 2021, 14:04
"Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres yozgi transfer oynasida "Tottenxem"ning qiziqishiga qaramay, nega "sariq suvosti kemasi"da qolganini tushuntirdi.

"O'z shahrim jamoasi bilan Chempionlar Ligasida o'ynash xohishi kuchliroq edi. "Vilyarreal" prezidenti menga bosim o'tkazmadi, garchi klub mendan ko'p pul ishlab olishi mumkin bo'lgan bo'lsa ham. Men buni qadrlayman", - deydi Torres.

Oldinroq himoyachining "Tottenxem"ga 60 million evro evaziga o'tishi mumkinligi aytilgan edi.

24 yoshli ispaniyalik joriy mavsum "Vilyarreal" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Guardian