Patrik Vieyra "Nyu-York Siti"ni boshqarishi mumkin
Aziz Tukhtamuradov
22 okt 2015
"Arsenala" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Patrik Vieyra yaqin orada MLSda ish boshlashi mumkin, deya xabar qilmoqda The Telegraph.
Eslatib o'tamiz, Vieyra ayni paytda "Manchester Siti" yoshlar tarkibida faoliyat olib bormoqda. "Shaharliklar" rahbariyati uni bosh murabbiy sifatida o'zini sinab ko'rishga qarshi emasligini ma'lum qildi.