Patrik van Anxolt "Galatasaroy" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
24 iyul 2021
Himoyachi Patrik van Anxolt faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Niderlandiyalik futbolchi "Galatasaroy" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Patrik van Anxolt erkin agent maqomida, shu sabab u Istanbul klubiga tekinga tushadi.

30 yoshli futbolchi keyingi hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano