Patrik Klyuyvertning o'g'li qishdayoq Angliyaning grand klublaridan biriga o'tishi mumkin

“MYU” va “Tottenxem” “Ayaks” yarim himoyachisi bilan qiziqmoqda.

TalkSport nashriga ko'ra, taniqli hujumchi Patrik Klyuyvertning o'g'li bo'lgan 18 yoshli Jastin Angliyaga shu qishning o'zidayoq yo'l olishi mumkin.

Amaldagi mavsumda yosh Klyuyvert Gollandiya chempionatining 14 ta o'yinida maydonga tushib 5 ta gol urishga erishdi.


Manba: TalkSport