Pastore: "Mavsumning qolgan qismini o'ynagandan mano yo'q"

Mirjalol Normatov
22 mar 2020, 11:29
"Roma" futbolchisi Xaver Pastore ushbu mavsumning qolgan qismini o'ynagandan foyda yo'qligini aytdi.

"Turnirni yakunlashning iloji yo'q. Karantindan chiqqanimizdan keyin oldingi holatimizga qaytishimiz uchun 20-20 kun vaqt kerak bo'ladi.

Biz turnirni tugagan nuqtadan boshlay olmaymiz. Turnirni kech yakunlash esa keyingi mavsumlarga ta’sir qiladi. O'rtada terma jamoa ixtiyorida ham bo'lish kerak. Shu boisdan chempionat yakunlanishini istagan bo'lardim. Chunki liganing qolgan qismini o'ynagandan mano yo'q", - dedi Pastore.

Qayd etish kerak, A Seriya yozgacha to'xtatilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia