Parimatch Premer Kubogining g'olibi aniqlandi. Shomurodov jamoasi esa 2-o'rin uchun “Lokomotiv” bilan kurashadi

Eldor Akmurzayev
8 fev 2020
Qatarda bo'lib o'tayotgan Parimatch Premer Kubogining so'nggi, 3-turidan o'rin olgan ilk bahs yakunlandi.

Moskvaning “Spartak” jamoasi Serbiyaning “Partizan” klubiga qarshi to'qnash kelib, raqiblari ustidan qiyinchilik bilan 3:2 hisobida zafar quchdi. Moskvaliklar qatorasiga ikkinchi yil mazkur o'rtoqlik turnirida bosh sovrin egasiga aylandi.  

Spartak Rossiya – Partizan Serbiya – 3:2 (1:2)

Gollar: 1:0 – Zobnin (7), 1:1 – Pavlovich (17), 1:2 – Suma (34), 2:2 – Sobolev (48), 3:2 – Ponse (70, penalti).

Spartak: Rebrov (Maksimenko, 46), Rasskazov (Eshhenko, 74), Kutepov, Jigo (Maslov, 65), Jikiya (Gaponov, 74), Ayrton (Melgarexo, 74), Kral (Markitesov, 86), Zobnin (Guliev, 74), Til (Bakaev, 46), Mirzov (Sobolev, 46), Ponse (Glushenkov, 74).

Partizan: Stoykovich, Ostoich (F. Stevanovich, 46), Miletich, S. Pavlovich (Brejanchich, 46), Uroshevich (Vuyachich, 46), Toshich (Shchekich, 46), Natxo, Zdjelar (L. Pavlovich, 46), Suma (Smilyanich, 46), Asano (Markovich, 46, Lakchevich, 52), Umar Sadik (Matich, 46).

Ertaga, 9-fevral kuni esa “Rostov” 2-o'rin uchun “Lokomotiv” (Moskva) bilan bahs olib boradi. Hozircha ikkala jamoa hisobida 3tadan ochko mavjud. 

20:00, “Rostov” - “Lokomotiv”


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia