Parij-2024. O'zbekiston - Dominikan Respublikasi: Asosiy tarkibimiz ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
30 iyul 2024
O'zbekiston U-23 Olimpiada guruh bosqich 3-tur o'yinini terma jamoasi Dominikan Respublikasiga qarshi o'tkazadi.

Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz ko'k libosda harakatlanadi. Uchrashuvni esa sudanlik bosh hakam Ismoil Mahmud boshqarib boradi. Unga qanotlarda Elvis Noupu (Kamerun) va Ahmad Liban (Jibuti) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Kim Youjungga (Koreya Respublikasi) topshirilgan.

Ayni daqiqaga kelib terma jamoamizning asosiy tarkibi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Dominikan - O'zbekiston o'rtasidagi o'yin 30 iyul soat 18:00 da "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tadi.

Parij-2024. Guruh bosqichi, 3-tur

Dominikan - O'zbekiston

Hakamlar: Ismoil Mahmud (Sudan), Elvis Noupu (Kamerun), Ahmad Liban (Jibuti), Kim Youjungga (Koreya Respublikasi)

Dominikan:  1. Xaver Valdes, 2. Edgar Puyol, 12. Joao Urbaez, 5. Lui de Lukas, 17. Xose de Leon, 8. Angel Montes De Oka, 6. Xaync Morshel, 9. Rafael Nunes, 18. Novend Lorenco, 11. Peter Federiko, 7. Oskar Urenya

Zaxira: 3. Josue Baez, 13. Enrike Bos, 14. De La Kruz Mangas, 20. Tomas, Jungbauer, 2. Reyes Marzian, 10. Askona Edison 16. Nelson Lemer

O'zbekiston - 12.V. Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Abduqodir Husanov, 5.Hamraliev, 8.Ruslan Jiyanov, 9.Husayn Norchaev,13.Zafarmurod Abdirahmatov, 15.Umarali Rahmonaliev, 18.Abdurauf Bo'riev, 19.Ibragimov, 20.Alisher Odilov.
Zaxira: Ne'matov, Shomurodov, Fayzullaev, Jaloliddinov, Rahimjonov, Asqarov, Holmatov.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати