Parij-2024. Misr Ispaniyani mag'lub etib, guruh peshqadami sifatida pley-offga yo'l oldi

Оқил Абдубарноев
30 iyul 2024
Parij Olimpiadasining "C" guruhi 3-turidan o'rin olgan Ispaniya - Misr uchrashuvi yakunlandi.

Misr olimpiya terma jamoasi Olimpiada o'yinlari guruh bosqichining 3-turida Ispaniya terma jamoasini mag'lub etdi (2:1).

Shu tariqa afrikaliklar 7 ochko bilan "C" guruhida 1-o'rinni egalladi. Ispaniya 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab, Olimpiadaning chorak finalida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Dominikan Respublikasi va O'zbekiston terma jamoalari esa turnirni tark etishdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia