Paredes "Yuventus" bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
4 avg 2022
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

Janluka Di Marcioning xabar berishicha, 27 yoshli argentinalik "Yuventus" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.

Oldinroq, Parij klubi o'yinchini 20 million evro evaziga sotishga tayyorligi ma'lum bo'lgan edi. Turin jamoasi Paredesni kelasi mavsumda xarid qilish majburiyati bilan ijaraga olishga umid qilmoqda.

Paredes o'tgan mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com