Paolo Maldini: "Agarda jamoa YCHLga chiqsa, Zlatan "Milan" bilan shartnomasini uzaytiradi"

Mirjalol Normatov
23 fev 2020
"Milan" tezni direktori Paolo Maldini hujumchi Zlatan Ibragimovichning shartnomasi borasida gapirdi.

"Ibraning shartnomasi 6 oyga mo'ljallangan. Agarda jamoa YCHLga chiqsa, shartnoma avtomatik ravishda bir yilga uzayadi.

Agarda bu vazifa bajarilmasa, Zlatan bilan ochiq muzokaralar olib boramiz. U kelganida bu holatni ham ko'rib chiqishini aytgan.

Rebich 2 yilga ijaraga olingan. Kelasi mavsumda ham u bizning tarkibimizda bo'ladi. Keyinchalik vaziyatga qaraymiz", - dedi Maldini.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport