Palmeri "Marca"ning xabarini rad qildi. "Real", Chelsi" va "Manchester Siti" chetlatilishi mumkin

UEFA "Real"ni, shuningdek, "Chelsi" va "Manchester Siti"ni Yevropa Chempionlar Ligasidan chetlatish haqida o'ylamoqda, deya xabar tarqatdi jurnalist Tankredi Palmeri.

Biroz avval Madridning "Marca" gazetasi bunga zid keluvchi ma'lumot tarqatgan edi:

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi oxirigacha davom ettiriladi: hech kim diskvalifikaciya qilinmaydi

Eslatib o'tamiz, YCHL yarim final bahslarining dastlabkilari 27-28 aprel sanalarida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. "Real" futbolchilari "Chelsi" bilan, "Manchester Siti" "Pari Sen-Jermen" bilan to'qnash kelishi rejalashtirilgan edi.


Manba: