O'zPFL Ijroiya qo'mitasi Superliga formati, yangi mavsum taqvimi, VAR tizimi licenziyasi to'lovi va boshqa masalalarni ko'rib chiqdi

Sherzod Nurmatov
17 dek 2022
16 dekabr kuni O'zPFL Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi: 

- "Superliga va Pro liga reglamenti loyihasi;

- Superliga formati va Pro ligaga kiritilayotgan o'zgarishlar masalasi;

- 2023 yilgi mavsum taqvimi loyihasi;  

- 2023 yilgi musobaqalarda qatnashish uchun badal puli, musobaqaga qo'shilish badali, legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro'yxatdan o'tkazganlik uchun to'lov miqdori;

- O'zPFL hisobidagi undirishning imkoni mavjud bo'lmagan qarzlardan voz kechish va uni hisobdan chiqarish masalasi;

- Musobaqalar qatnashchilariga O'zPFL tomonidan taqdim etiladigan to'plar masalasi;

- Hawk-Eye Innovations va O'FA o'rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq VAR tizimining 2023 yil uchun licenziyasi to'lovini to'lab berish masalasi;

- O'zPFLning Jahon professional futbol ligalari associaciyasi a'zosiga aylanishi masalasi. 

Ijroqo'm yig'ilishida uning 9 a'zosidan 8 nafari ishtirok etdi. A'zolar orasidan Aziza Tatlimuratova ayni vaqtda Qatarda bo'lib turganidan kelib chiqib, yig'ilishda ishtirok eta olmadi. 

Bugun kun davomida Ijroqo'm yig'ilishida ko'rib chiqilgan masalalarga batafsil to'xtalib o'tiladi.

Eshitdik-da! Superliga formati o'zgarmaydigan bo'ldi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz