

KXLda Rossiya, Belorus, Qozog'iston, Latviya, Slovakiya, Finlyandiya va Xitoyning eng sara jamoalari ishtirok etishadi. Endilikda yurtimizdagi xokkey muxlislari “Sport” TVda efirga uzatiladigan retranslyatsiyalar orqali xokkeyning murosasiz to'qnashuvlariga guvoh bo'lishlari mumkin.
“O'zMTRK mas'ul xodimlari turli sport musobaqalarining teletranslyatsiya huquqini olish bo'yicha muntazam harakatda. Bu boradagi amaliy tadbirlar to'xtab qolmaydi. Yaqin vaqt ichida O'zMTRK SPORT telekanalida teletomoshabinlarni yanada kattaroq xushxabarlar bilan xursand qilish borasida ish olib borilmoqda”,- deydi MTRK “Sport” DUK direktori Zohid Karimov.




