

IFVPA yani 11x11 (bir vaqtning o'zida 22 ishtirokchi o'yinda ishtirok etadi) rejimidagi turnirlarda ishtirok etuvchi "FK TEMA" jamoasi hamyurtimizni o'z safiga qo'shib oldi. Ushbu rejim kundan-kunga ommalashib boryapti va tez orada bu yo'nalishda yangi yirik turnirlar tashkil etilishi mumkin. Abdusapi Qayumov hozirgacha 3 turnirda 14 ta uchrashuvda qatnashishga ulgurdi va gol+pass tizimida 12 ochko jamg'arishga erishdi.
"FK TEMA" sentyabr oyida Yevropa klublari bilan Chempionlar ligasi turnirida ishtirok etishni rejalashtiryapti. Kibersportchimiz kecha yangi rejimda o'z faoliyatidagi birinchi sovrinni qo'lga kiritdi. U hujumkor markaziy yarim himoyachi rolini bajarmoqda. Bu yo'nalishda ham kibersportchimizga omad tilaymiz.




