O'zbekistonlik mutaxassislar Turkiya futbol federatsiyasi va terma jamoalar markazida bo'ldi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2023
Ayni kunlarda Superliga va Pro liga klublari vakillaridan iborat delegaciya Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib turibdi.

Ushbu safar doirasida bugun o'zbek mutaxassislari Turkiya futbol federatsiyasi bosh qarorgohiga tashrif buyurishdi. 



Shuningdek, Turkiyaning turli yoshdagi terma jamoalari, qolaversa, bir qator klublari foydalanadigan mashg'ulot markazi ish faoliyati va tuzilmasi bilan yaqindan tanishildi. Ayniqsa, mashg'ulot markazida futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxona, oshxona, mashg'ulot maydonlari, trenajyor zallari va nazariy mashqlar qanday o'tilishi batafsil ko'rsatib berildi. Klublarimiz vakillari qarorgoh tuzilmasi yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga bafurja javob olishdi. 

Qolaversa, bugun kun doirasidan Turkiya Superligasining markaziy derbilaridan biri sanaladigan "Beshiktosh" – "Fenerbaxche" uchrashuvi tashkilotchiligi o'rin olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz