O'zbekistonlik mashhur bokschi: "Nasaf" 2:1, "Navbahor" 1:0 hisobida yutsa kerak"

Narzulla Saydullayev
14 fev 2024
O'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan klublarimizga omad tiladi.

"Xudo xohlasa "Nasaf" va "Navbahor" klublarimiz Osiyo chempionlar ligasida o'z yurishini davom ettiradi. Biz klublarimizga omad tilaymiz va ishonamiz. "Nasaf" 2:1, "Navbahor" 1:0 hisobida yutsa kerak", - deb taxmin bildirdi Isroil Madrimov Sport telekanaliga bergan intervyusi chog'ida.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" bugun, 14 fevral kuni o'z maydonida BAAning "Al Ayn" klubini qabul qiladi. "Navbahor" esa ertaga, 15 fevral kuni Namanganda "Al Ittihod"ni mehmon qiladi. Har ikkala bahs ham soat 19:00da boshlanadi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia