O'zbekistonlik hakamlar Eron va Iroq o'rtasidagi hal qiluvchi bahsni boshqarishadi

Tolibjon Qosimov
15 iyun 2021
Xabaringiz bor, o'zbekistonlik nazoratchi va hakamlar JCH-2022 saralash bosqichining muhim uchrashuvlarida faoliyat olib borish uchun OFK tomonidan chaqiruv olgan edi.

Xususan, FIFA referisi Ilgiz Tantashev Bahrayn mezbonlik qilayotgan "C" guruhi bahslarida ishlash uchun taklif etilgan.

O'zbekistonlik mutaxassis bugun bo'lib o'tadigan Eron – Iroq uchrashuvida hakamlik qiladi. Unga qanotlarda hamyurtimiz Andrey Sapenko va KXDR vakili Dong Xu Kang assistentlik qiladi.

Uchrashuv Muharraq shahridagi "Al-Muharraq" stadionida yurtimiz vaqti bilan soat 21:30da start oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz