O'zbekistonlik hakamlar chorak finalning markaziy uchrashuvini boshqarib borishadi

Khoja
1 avg 2024
FIFA hakamlar bo'limi olimpiya o'yinlarining chorak finalda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

Chorak finalning markaziy uchrashuvi hisoblanmish Fransiya - Argentina bahsida o'zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradi.

Vakillarimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!

Mazkur bahs 2 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia