O'zbekistonlik futzalchilar Tailanddagi dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2021
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi xalqaro musobaqada qatnashish uchun Bangkok shahriga yetib borgani aytilgandi.

Tailanddagi karantin talablariga muvofiq, o'zbekistonlik futzalchilar bugungi mashg'ulotlarni o'zlari joylashgan "Al Meroz" mehmonxonasida o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoa 25 iyul kuni 1-tur bahsida Kosova vakillariga qarshi kurash olib boradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz