O'zbekistonlik futbolchi Serbiyaning bir klubidan boshqasiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2017, 08:31
O'zbekistonlik hujumchi Husniddin G'ofurov faoliyatini "Mladost Luchani" klubida davom ettiradi.

1994 yilda tug'ilgan futbolchi 2014 yildan buyon Serbiyaning boshqa klubi "Yavor" sharafini himoya qilib kelayotgandi. Yangi mavsumdan boshlab G'ofurov "Mladost" safida o'ynaydi. Qo'shimcha qilish kerakki, "Yavor" yakuniga etgan mavsumda 8-o'rinni band etdi. "Mladost" esa 4-pog'onani egalladi. Shu tariqa, G'ofurovning yangi klubi Yevropa ligasi saralash bahslarida ishtirok etish huquqi qo'lga kiritdi. 

"Mladost Luchani" klubi 1952 yilda tashkil topgan. Uy o'yinlarini 8000 tomoshabinga mo'ljallangan "Mladost" stadionida o'tkazadi. Jamoani mahalliy mutaxassis Nenad Milovanovich boshqarmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia