O'zbekistonlik futbolchi Portugaliya klubiga o'tdi

Alisher
17 yanv 2020
BAAning "Al Nasr" jamoasi yarim himoyachisi Abubakr Mo'ydinov faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi.

Abubakr Mo'ydinov Portugaliyaning Segundasida ishtirok etuvchi "Leyshoynsh" klubi bilan shartnoma imzoladi. Klub chempionatda 8-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor"ning sobiq o'yinchisi o'tgan yilning sentyabr oyida BAAning "Al Nasr" klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Mo'ydinov o'tgan mavsum "Bunyodkor" safida Superligada bitta o'yinda zaxiradan maydonga tushgan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia