

Farhod Abdullaev mazkur musobaqada hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi. O'zbekistonlik mutaxassis bilan bir qatorda FIFA Hakamlar qo'mitasi raisi, yaqin o'tmishning eng mashhur hakamlardan biri Perluiji Kollina hamda AQSH, Paragvay, Ruanda, Chexiya va Solomon orollari kabi mamlakat vakillari U-17 Jahon chempionatida hakamlar ishiga baho beradi.
Ma'lumot uchun, o'smirlar o'rtasidagi (U-17) Jahon chempionati shu yilning 6–28 oktyabr kunlari Hindistonning 6 shahri – Kalkutta, Dehli, Kochchi, Navi-Mumbay, Guvaxati va Margao shaharlarida bo'lib o'tadi. Turnirda 6 konfederatsiyadan jami 24 jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi.



