

Navoiyliklar mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda, legionerlar xizmatiga ham umid bog'lagan. Klub yaqinda rossiyalik futbolchi Nikolay Tarasov bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. U ayni paytda jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Legionerdan yangi jamoasi haqidagi fikrlarini tingladik.
Rasman: Nikolay Tarasov "Qizilqum" jamoasi futbolchisiga aylandi
- "Qizilqum" futbolchilariga o'z oila a'zolaridek qabul qilishgani uchun rahmat aytaman. Kollektivda do'stona muhit bor. O'zbekiston chempionati haqida avvaldan iliq fikrlar eshitganman. Bu erda texnikaga katta e'tibor qaratishadi. Superliga jamoalari tabiiy maydonlardan foydalanadi. Infratuzilma yaxshi darajada. Chempionat boshlanishini barcha qatori men ham intiq bo'lib kutmoqdaman.
- To'g'risini aytsam "Qizilqum" haqida ko'p narsa bilmas edim. Futbolchilar texnik qobiliyati bor. Bilmadim, O'zbekiston chempionatida o'ynash oson deb kim aytdi bilmadim, lekin menda unday fikr yo'q. Umuman olganda Superliga oddiy musobaqa hisoblanmaydi. Kurash qattiq kechadi. Individual kuchli ijrochilar bor. Barcha o'zini ko'rsatishga harakat qiladi.

- Qur'ada kim bilan tushishimizni farqi yo'q. Lekin albatta mavsumni muxlislarimiz ko'z oldida boshlash yoqimli bo'lardi. Agar qur'a bizga shunday vaziyatni taqdim qilsa. Har bir o'yinga bir xil tayyorlanamiz, g'alaba ruhida maydonga tushamiz.
- O'rtoqlik uchrashuvlarida raqiblarni kuchli yoki kuchsiz deyish noo'rin, deb o'ylayman. Muhimi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish. Kuchli jamoalar bilan o'yinlarda o'z imkoniyatlarimizni ko'rib olamiz. Bu chempionat oldidan yaxshi foyda berishi shubhasiz.



