

“Markaziy Osiyo hech qachon Osiyo kubogining final bosqichiga mezbonlik qilmagan. Menimcha, buning vaqti keldi. Mintaqamizda juda kuchli terma jamoalar ishtirok etmoqda. Ishonchim komilki, qardosh davlatlar bilan birgalikda Osiyo chempionatining final bosqichini yuqori saviyada o'tkazamiz. Biz 2031 yoki 2035 yilgi Osiyo kubogini Markaziy Osiyoda o'tkazish uchun qo'shma ariza topshirishga qaror qildik”, - dedi CAFA prezidenti Rustami Emomali.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa CAFA Kongressidagi nutqida tashkilot prezidenti Rustami Emomalining ushbu tashabbusini qo'llab-quvvatladi.



