O'zbekiston va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni qirg'izistonlik FIFA referisi boshqarib boradi

Alisher
1 fev 2021
Xabaringiz bor, 2 va 3 fevral kunlari Toshkentda futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Argentinaga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

O'zbekistonning amaldagi JCH g'oliblariga qarshi o'yiniga FIFA referisi Nurdin Bukuev O'zbekiston futzal Associaciyasi tomonidan taklif etildi.

Eslatib o'tamiz, Nurdin Bukuev futzal bo'yicha JCHda ishlagan yagona qirg'izistonlik FIFA referisi hisoblanadi. Uning hisobida JCHda 3ta o'yin va Osiyo chempionatlarida 7ta bahs bor.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia