

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 30 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Ispaniyaning Marbelya shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro turnirdagi ishtirokini boshladi.
30 sentyabr kuni O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi Kot d‘ Ivuar (U-17) o'smirlar terma jamoasiga qarshi turnirdagi ilk o'yinda maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0. Nuraliev shogirdlari turnirdagi ikkinchi o'yinida 2 oktyabr kuni Meksika o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, so'nggi uchrashuv 4 oktyabr kuni Argentina U-17 o'smirlariga qarshi bo'lib o'tadi.
Ispaniyadagi xalqaro turnir Nuraliev shogirdlari uchun oktyabr oyida boshlanadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari oldidan so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
U-17 o'smirlar o'rastidagi Xalqaro turnir.
30 sentyabr - 4 oktyabr. Marbelya, Ispaniya
O'zbekiston (U-17) - Kot d‘ Ivuar (U-17) - 0:0
O'zbekiston U-17: Sarvar Karimov, Jamshid Jo'raev, Odil Hamrobekov, Akrom Komilov, Jamshid Boltaboev (s), Doston Hamdamov, Ravshanbek Hursanov, Alisher Mirzaev, Ibrohim Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Shaxjahon Abbosov
Zahira: Shoxruh Eshbo'taev, Ilhom Abdug'aniev, Shoxruh Raimov, Akobir To'raev, Humoyun Agzamov, Oybek Erkinov, Adham Ahmadjonov, Islombek Karimov, Javohir Siddiqov.
Kot d‘ Ivuar (U-17): Gate Diaba, Frank Kulibali, Ismail Diallo, Junior Anissan, Parfait Bigbin, Frank Kessi (s), Pol Bakoyoko, Abubakar Keyta, Bendel Nigussan, Sulaymon Diabi, Xabir Maiga,
Zahira: Anderson Niangbo, Landri Nomel, Sherif Jimon, Kris Bedia, Ivan Koko Jane, Mustafa Dante
Navbatdagi o'yinlar:
2 oktyabr.
O'zbekiston (U-17) - Meksika (U-17)
Argentina (U-17) - O'zbekiston (U-17)



