O'zbekiston U-23 terma jamoasining BAA yig'iniga jo'nab ketadigan futbolchilari ro'yxati ma'lum

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2023
Bugun, 4 yanvar kuni Timur Kapadze shogirdlari yig'in oldidan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Shundan so'ng O'FA matbuot xizmati BAAga yo'l oladigan O'zbekiston olimpiya termasi tarkibini e'lon qildi.

Darvozabonlar - Shukron Yo'ldoshev, Hamidullo Abdunabiev, Dilshod Yo'ldoshev

Himoyachilar - Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Jaloliddin Sodiqov, Ahmadullo Muqimjonov, Eldor Begimov, Shahzod Toirov, Sardor Maxmudov, Mirkomil Abdurazzoqov

Yarim himoyachilar - Asadbek Rahimjonov, Muhammadaziz Ibragimov, Behzod Shamsiev, Sarvar Sharipov, Jasur Jaloliddinov, Abdurauf Bo'riev, Farruhbek Muxtorov, Nodirbek Abdixoliqov

Hujumchilar - Maxmud Jo'raboev, Ruslan Jiyanov, Timur Mamasidiqov, Otabek Jo'raqo'ziev, Muhammadali G'iyosov, Alisher Odilov

Eslatib o'tamiz, vakillarimiz ertaga Fujayra shahriga jo'nab ketadi. Yig'in doirasida 9 va 12 yanvar kunlari BAA U-23 terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати