O'zbekiston U-22 terma jamoasi Hatta va Ostonaga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2014
O'zbekiston U-22 terma jamoasi kecha, 5 yanvar kuni o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish Dubayga yetib borgani haqida xabar bergandik.
Shuhrat Maqsudov qo'l ostidagi O'zbekiston U-22 10 yanvarga qadar BAAda shug'ullanadi, shundan so'ng Ummonga – Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

"BAA yig'ini doirasida 2ta o'rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan. Reja bo'yicha, dastlabki o'yin 6 yanvarda Dubayning Hatta jamoasiga qarshi bo'ladi. Shuhrat Maqsudov shogirdlari 2-nazorat o'yinini 8 yanvar kuni Qozog'istonning Ostona jamoasiga qarshi o'tkazishi rejalashtirilgan", - deb yoziladi O'FF rasmiy tvitterida.

Ushbu o'yinlarda terma jamoa asosiy tarkibini, shuningdek, futbolchilarning tayyorgarlik holatini aniqlab olish maqsad qilingan.

Ummondagi U-22 Osiyo chempionati-2013 2014 yilning 11-26 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston musobaqaning D guruhidan o'rin olgan. Shuhrat Maqsudov jamoasi 12 yanvarda Xitoy, 14 yanvarda Iroq va 16 yanvar kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia