Osiyo chempioni bo'lgan O'zbekiston U-20 termasi Rossiya bilan o'ynaydi. Ro'yxat ham ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
26 mar 2023
Jahon chempionatiga tayyorgarlikka kirishgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshladi.

U-20 terma jamoa ushbu yig'in doirasida Toshkentda Rossiya yoshlariga qarshi o'yin o'tkazadi. Uchrashuv 28 mart sanasida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston - Rossiya
28 mart | 12:00
"Jar" stadioni

Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Edem Nemanov, Asrorbek Kenjaev, Otabek Boymurodov.

Himoyachilar: Mahmudjon Mahamadjonov, Saidafzalxon Axrorov, Jahongir O'rozov, Javoxir Otamurodov, Diyorbek Ortiqboev, Izzatillo Po'latov, Zafarmurod Abdirahmatov, Abubakir Ashurov.

Yarim himoyachilar: Sherzod Esanov, Abbos Fayzullaev, Shahzodbek Rahmatullaev, Nodirbek Abdurazzoqov, Shahzod Akramov, Shahzod Nematjonov, Behruz Asqarov, Shaxriyor Jabborov, Muzaffar Mo'minov, Aziz Xolmurodov, Umid Sultonov.

Hujumchilar: Po'latxo'ja Xoldorxonov, Asadbek Jo'raboev, Mahmud Jo'raboev.

 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати