O'zbekiston U-20 terma jamoasi Portugaliya hamda Urugvay yoshlariga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2015, 13:16
Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi mart oyida Portugaliyada ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Unga ko'ra, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi terma jamoa 25-30 mart kunlari Portugaliyaning Koimbra shahrida navbatdagi yig'inini o'tkazadi. Mazkur yig'in davomida esa, o'zbekistonlik yoshlar Portugaliya hamda Urugvay yoshlar terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar.

Dastlab, 27 mart kuni O'zbekiston U-20 yoshlari shu yosh toifasida Yevropa vice-chempioni Portugaliya U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushsalar, 29 mart kuni jahon vice-chempioni Urugvay terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadilar. Har ikkala o'yin ham Portugaliyaning Koimbra shahrida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslari 30 may kuni start oladi. Qur'aga ko'ra O'zbekiston U-20 terma jamoasi "F" guruhida Germaniya, Fidji hamda Gonduras yoshlariga qarshi bahs olib boradi.


Diqqat! FIFA.UZ saytida OCHL guruh bosqichi uchun jamoa tuzib musobaqaning rasmiy to'pini yutib olish mumkin! Jamoa tuzishga o'tish.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com