O'zbekiston U-20 terma jamoasi Iroq bilan murosa ko'chasini tanladi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2024
Farhod Nishonov boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Iroqqa qarshi ikkinchi nazorat o'yinini o'tkazdi.

U-20 nazorat uchrashuvi

O'zbekiston – Iroq 1:1  

18 noyabr. Toshkent viloyati. "Do'stlik" stadioni. 15:00

Gollar: Ravshan Xayrullaev 80' – Karim Jafar 59'

O'zbekiston: 1.Samandar Muratbaev (Muhammadyusuf Sobirov, 46), 2.G'iyosjon Rizaqulov (Amirbek Saidov, 67), 3.Behruz Jumatov (Ravshan Xayrullaev, 46), 4.Azizbek To'lqinbekov (Ro'ziboy Fayzullaev, 85), 5.Dilshod Murtazoev (Muhammadali Zohidov, 67), 6.Muhammadali Reimov (Rustambek Fomin, 46), 7.Saidumarxon Saidnurullaev (Dilshod Abdullaev, 46), 8.Muhammadali O'rinboev, 9.Murod Komilov (Daler Tuxsanov, 46), 10.Shodiyor Shodiboev (Nurlan Ibraimov, 67), 11.Abdufog'ur Haydarov (Saidxon Hamidov, 67).

Zaxira: Maksim Murkaev, Ollobergan Karimov, Murodali Usmonov.

Eslatib o'tamiz, mazkur terma jamoalar o'rtasidagi ilk nazorat bahsida O'zbekiston bir to'p farqi bilan g'alaba qozongan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia